Bolalarga hujumdan keyin Dublinda tartibsizliklar boshlandi

Olam

image

Kecha, 23 noyabr kuni bolalarga qilingan hujumdan keyin Dublinning bir qancha hududlarida tartibsizliklar boshlandi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi. 

Politsiyaga ko‘ra, tartibsizliklar ortida o‘ng qanot ekstremistlari turibdi. Britaniyaning “Sky News” agentligining qayd etishicha, namoyishchilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga sabab bo‘lgan tartibsizliklar ishtirokchilari soni bir necha yuz kishini tashkil qilgan.

Namoyishchilar huquq-tartibot xodimlariga shisha va petardalar uloqtirib, bir necha avtobus va politsiya mashinasini yoqib yuborgan. Ijtimoiy tarmoqlarda do‘konlarga hujum qilingani aks etgan videolar ham tarqalmoqda.

Irlandiya poytaxtidagi tartibsizliklar shahar markazida pichoq bilan qurollangan erkak o‘tkinchilarga hujum qilganidan bir necha soat o‘tib boshlangan.

Internetda hujumchining asli jazoirlik ekani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda, biroq bu rasman tasdiqlanmagan.

Politsiya tartibsizlik uyushtirganlarni o‘ta o‘ng mafkura tomonidan boshqariladigan aqldan ozgan bezorilar guruhi, deb ta’riflagan.

Eslatib o‘tamiz, 23 noyabr kuni Irlandiya poytaxti Dublin markazida erkak pichoq bilan o‘tkinchilarga hujum qilgandi. Oqibatda besh kishi, jumladan, uch bola shifoxonaga yotqizildi. 


Maqola muallifi

Teglar

tartibsizliklar Dublin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing