Bolalar Ombudsmani Xorazmda yana bir zo‘ravonlik holati bo‘lganini tasdiqladi
3-sahifa
−
06 aprel 2023 13613 1 daqiqa
Xorazmda voyaga yetmagan qizni 11 kishi zo‘rlagani haqida xabar berilgan edi.Bolalar Ombudsmani matbuot kotibi Fotima Madrahimova mazkur holat yuzasidan Bolalar huquqlari bo‘yicha vakilga murojaat kelib tushgani va nazoratga olinganini ma’lum qildi.
“Kuni kecha Bolalar Ombudsmani ushbu murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi va tegishli ma’lumotlarni oldi. O‘rganish natijalariga ko‘ra Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga murojaat yuborilgan. Holat yakunlari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, deydi Bolalar Ombudsmani matbuot kotibi.
Shuningdek, u Bolalar Ombudsmani bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlarga og‘ir jazo turlarini qo‘llash kerak degan pozitsiyada qat’iy turishini ta’kidlagan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust