Koronavirusga qarshi vaksinani bolalarda sinash boshlanadi
Olam
−
13 fevral 2021
3260Britan-shved AstraZeneca kompaniyasi va Oksford universiteti hamkorligida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina ilk bor 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda "Reuters" agentligi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bolalarda o‘tkaziladigan sinovlar vaksina samaradorligini aniqlashga yordam beradi.
Eksperimentda 300 nafar ko‘ngilli qatnashadi.
Ilk sinov jarayonlari fevral oyining o‘zida amalga oshiriladi, deb taxmin qilinmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, AZD1222 vaksinasi AstraZeneca kompaniyasi va Oksford universiteti olimlari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan.
U vektorli vaksina bo‘lib, tarkibida zaiflashgan, zararsiz virus va COVID-19 geni mavjud.
Avvalroq, yangi koronavirus bolalarda yengil o‘tishi, shuning uchun ularni koronavirusga qarshi emlash muhim emasligi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi