Bola boshidan: Mirziyoyevning nabirasi tug‘ilgan kunini Mehribonlik uyida nishonladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nabirasi – Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari – Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov va MTV Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Mirziyoyevaning qizi Ma’rifatxon Umarova kuni kecha 11 yoshni qarshiladi. U o‘z tavallud kunini poytaxt Toshkentda joylashgan 21-sonli Mehribonlik uyida nishonlagan. Bu haqda Otabek Umarov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi. 

21-sonli Mehribonlik uyiga borish taklifi kutilmaganda Ma’rifatxonning o‘zidan chiqqan. U tengqurlari bilan uchrashib, ularning tabriklari qabul qilgan va bolalarga sovg‘alarini topshirgan. Bu haqda Otabek Umarov shunday yozadi: 

“Tug‘ilgan kuni arafasida qizim Ma’rifatxon meni hayron qoldirdilar. Farzandim tavallud ayyomini, 21-son mehribonlik uyida hursandchilik ulashish istagi, meni nihoyatda mamnun etdi. Ma’rifatxonning bu niyati menga saboq berdi va sergaklantirdi.

Yaxshilik ulashish istagi biror bir jadval yoki taqvimdagi qizil sana emas, balki qalb va yurak amri bilan yuzaga chiqishi lozim. Yonimizda ezgulikka muhtoj insonlar borligini aslo unutmaylik”. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov Shahnoza Mirziyoeva Ma'rifatxon Umarova

Baholaganlar

307

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing