Boksdagi uzoq safarim behuda ketmaganini isbotlayman – Ergashev

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev 25 noyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan yarim o‘rta vazn toifasida Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) yo‘nalishi bo‘yicha chempioni, puerto-rikolik Sabriel Matias bilan jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Men jahon chempionligi uchun jangni uzoq vaqt kutdim. 25 noyabr kuni men boksdagi uzoq safarim behuda ketmaganini isbotlayman. Murabbiylarim Shugar Xill Styuard hamda Teo Chembers yordamida tarix yozaman va O‘zbekiston yana bir jahon chempioniga ega bo‘ladi”, deydi Ergashev.

31 yoshli Ergashev oxirgi marta 2022 yilning avgustida Anxel Martines Ernandesga qarshi ringga chiqqandi. Ushbu jangda Shohjahon texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. Uning hisobida 23 ta g‘alaba mavjud.

31 yoshli Matias oxirgi marta shu yilning fevral oyida Ieremiya Ponsega qarshi jang qilgandi. Ushbu qarama-qarshilikda Sabriel muddatidan avval g‘alaba qozonib, IBF chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Uning hisobida 19 g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bor.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev Sabriel' Matias Anxel' Martines

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing