Bokschi ringdagi yalang‘och odamligicha qolaveradi – Tayson Fyuri 

Sport

image

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri Deontey Uaylder bilan jangdagi g‘alabadan so‘ng, boksdan ketishi mumkinligiga ishora qildi va boks to‘g‘risidagi qarashlarini aytib o‘tdi.

“Men nima bo‘lishini bilmayman. Top Rank va ESPN bilan tuzgan shartnomam bo‘yicha oldinda faqat bitta jang qoldi, jarayonni kuzatamiz. Lekin hozir boks haqida o‘ylamayapman va nechta jang o‘tkazishimni ham bilmayman. Yana ringga ko‘tarilamanmi yoki yo‘q, aniq emas. Gap bir necha o‘n million dollarlik himoya janglari haqida emas. Men hayotimdan zavq olishga urinyapman”, deydi Fyuri.

Shuningdek, 33 yoshli britaniyalik bokschi allaqachon mutlaq chempion bo‘lganini qo‘shimcha qildi:

“Boksda maqsadlarim yo‘q, men hamma ishni qilib bo‘ldim va barcha chempionlik kamarlarini yutdim. “Lo‘lilar qiroli” doimo WBC, WBA, WBO va IBF versiyalari chempioni bo‘lib qoladi, bu allaqachon tarix zarvaraqlariga yozib qo‘yilgan. Bir narsani unutmaslik kerak: faoliyatingiz yakuniga yetgach, qancha kamaringiz borligi, kimni nokautga uchratganingiz yoki rekordlaringiz haqida hech kim eslamaydi. Bokschi doimo ringdagi yalang‘och odamligicha qolaveradi”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “MGM Grand” arenada bo‘lib o‘tgan WVC kamari uchun kechgan jangda Tayson Fyuri (32-0-1) amerikalik Deontey Uaylderni (42-2-1) chuqur nokautga uchratgan edi. 


 


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC Deontey Uaylder Tayson F'yuri IBF WBO Prof boks

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing