Bokschi Bobousmon Boturov chorak finalga yo‘l oldi. Raqib — Jahon chempionati finalchisi

Sport

image

Boks bo‘yicha -69 kg vazn toifasida Tokio Olimpiadasida ishtirok etayotgan Bobousmon Boturov O‘zbekiston delegatsiyasining bugungi kun dasturidagi ilk g‘alabasini taqdim qildi. Ikki karra Osiyo chempioni — Boturov dastlabki bahsda dominikanlik Polando Roxanga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Chorak finalda jizzaxlik bokschi Yevropa chempioni va Jahon chempionati finalchisi hisoblangan britaniyalik Pet Makkormakka qarshi jang olib boradi. 

Ushbu bahs 30 iyul kuni o‘tkaziladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Rio Olimpiadasida ushbu vazn toifasi bo‘yicha Shahram G‘iyosov ishtirok etgan va yakunda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Tokio Olimpiadasi Bobousmon Boturov

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing