Boks: JCH sovrindorlari uchun mukofot pullari ma’lum qilindi

Sport

image

Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA) joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida Serbiyada o‘tkaziladigan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining mukofot jamg‘armasini e’lon qildi. 

Tashkilot Jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi uchun 2,6 million AQSH dollari mablag‘ ajratgan. Unga ko‘ra, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan bokschi 100 ming dollar, finalda mag‘lub bo‘lgan sportchi 50 ming dollar, bronza medaliga sazovor bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari esa 25 ming dollar miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati joriy yilning 26 oktyabridan 6 noyabriga qadar Serbiyaning Belgrad shahrida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston boks terma jamoasi vakillari 2019 yil Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 3 ta oltin, bitta kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov AIBA Jahon chempionati Boks

Baholaganlar

818

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing