Boks. O‘zbekistonlik harbiylar jahon chempionatida 7 ta medal oldi
Sport
−
26 Sentabr 2021
9152Joriy yilning 18-25 sentyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 7 ta medal qo‘lga kiritdi.
Musobaqada dunyoning 36 mamlakatidan 292 nafar bokschi bahslarda ishtirok etdi.
Oltin:
60 kg: Shunqor Abdurasulov
+91 kg: Lazizbek Mullojonov
75 kg: Mavluda Mavlonova
Kumush:
-64 kg: Mujibillo Tursunov
Bronza:
51 kg: Aziza Yoqubova
60 kg: Rayhona Qodirova
69 kg: Navbahor Hamidova
Eslatib o‘tamiz, 60 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shunqor Abdurasulov musobaqadagi ikkinchi jangini zambiyalik Ben Bandaga qarshi o‘tkazib, hakamlarning shubhali qarori evaziga mag‘lub bo‘lgandi. Biroq natijadan norozi bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi shtabi tomonidan protest yozilgan va shundan so‘ng, bahs neytral hakamlar tomonidan qayta ko‘rib chiqilib, unda Shunqor Abdurasulovning g‘alaba qozongani qayd etilgandi.
LiveBarchasi