Boks bo‘yicha O‘zbekiston termasiga besh nafar qozoq millatiga mansub bokschi jalb qilinadi – To‘lqin Qilichev

Sport

image

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi safiga 5 nafar qozoq millatiga mansub bokschi jalb etiladi. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev “Yegemen Qazaqstan” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi

“Murabbiylik faoliyatim 2009 yilda boshlangan. Shogirdlarimdan jamoada faqat Bahodir Jalolov qolgan. Qolganlari professional boksga o‘tgan. Bungacha Osiyo chempioni, Rio Olimpiadasining bronza medali sovrindori, bugungi kunda professional boksda muvaffaqiyat qozonayotgan Murodjon Ahmadaliyev, jahon chempionati bronza medali sovrindori, professional bokschi Sanjar Tursunov, Osiyo chempioni, jahon chempionati bronza medali sovrindori asli qozog‘istonlik Elnur Abduraimov hozirda profboksda faoliyat yuritmoqda. AQSHda 10 ta jang o‘tkazgan, 2017 yil Osiyo chempionida g‘olib bo‘lgan Isroil Madrimov kabi shogirdlarim O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilmoqda”, deydi Qilichev.

Shuningdek, To‘lqin Qilichev qozoq millatiga mansub bokschi Ruslan Abdullayevdan umidlari katta ekanligini bildirdi.

“Barcha shogirdlarim Chirchiq sport maktabida tahsil olgan. Sizlarga yaxshi tanish bo‘lgan jahon chempioni Ruslan Abdullayevga ham besh yil saboq berdim. Bir paytlar Ruslanni menga malakali murabbiy Yergali Abubakiruli olib kelgandi. U iqtidorli bokschi. Ruslandan umidimiz katta. Umuman olganda, O‘zbekiston chempionatida Ruslan Abdullayevdan tashqari to‘rt nafar qozog‘istonlik sportchi sovrindorlar qatoridan joy oldi. Endi ular terma jamoaga kiritiladi va xalqaro musobaqalarda qatnashadi”, deydi Qilichev.


Maqola muallifi

Teglar

Boks To'lqin Qilichev Ruslan Abdullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing