Boks. Saidjamshid Ja’farovning jangi muddatidan avval yakunlandi

Sport

q6

Bugun, 14 dekabr kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining final janglari o‘tkazilmoqda.

75 kg vazn toifasida Osiyo chempioni Saidjamshid Jafarov finalda muddatidan avval g‘alaba qozondi. Sababi uning raqibi Abdulaziz Abdupattoyev ikkinchi raundda jarohati tufayli jangni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Shu tariqa hakamlarning qaroriga ko‘ra Ja’farov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi o‘zbekiston chempionati finalida ham Saidjamshid Ja’farovning raqibi Odiljon Aslonovning jarohati sababli bellashuv 1-raunddan so‘ng, to‘xtatilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston chempionati Boks

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing