Boks. Qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionlari aniqlandi (foto)

Sport

1

Bugun, 10 dekabr kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida qizlar o‘rtasida final bellashuvlari yakunlandi.

Farzona Fozilova (48 kg),  Sabina Boboqulova (50 kg), Tursunoy Rahimova (52 kg), Nigina O‘ktamova (54 kg), Sitora Turdibekova (57 kg), Rayxona Qodirova (60 kg), Mohinabonu Abdullayeva (63 kg), Hadichabonu Abdullayeva (67 kg), Navbahor Hamidova (70 kg), Mavluda Mavlonova (75 kg) va Sohiba Ro‘zmetova (81 kg) o‘z vazn toifalarida 2021 yilgi O‘zbekiston chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Turnirning eng shov-shuli natijasi 50 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan bokschilar ishtirokida kuzatildi. Buxorolik Sabina Boboqulova murosasiz kechgan bahsda hakamlar qaroriga ko‘ra o‘tgan yilgi chempion andijonlik Aziza Yoqubovani mag‘lubiyatga uchratdi. Yoqubova 3-raundda raqibasini nokdaun holatiga tushirishga ham ulgurgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, musobaqani AIBA’ning tajribali instruktorlari Endryu Koulfild (Buyuk Britaniya) va Igor Biletskiy (Ukraina) O‘zbekiston chempionati davomida hakamlarni baholovchi (Evaluator) sifatida kuzatib bordi.

Ma’lumot uchun, joriy yilgi O‘zbekiston chempionatida qizlar o‘rtasida ilk marotaba 11 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston chempionati Boks Tursunoy Rahimova Rayxona Qodirova Aziza Yoqubova Navbahor Hamidova

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing