Boks bo‘yicha JCH: Nodirjon Mirzahmedov raqibiga imkoniyat qoldirmadi

Sport

image

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining oltinchi kun bellashuvlariga start berildi.

Bugun, 30 oktyabr kuni 48 kg vazn toifasida Nodirjon Mirzahmedov irlandiyalik Rikki Nesbitga qarshi ringga ko‘tarildi va 3 raund davom etgan jangda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mirzahmedov chorak finalda Qozog‘iston vakili Temirtas Jussupovga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 oktyabr kuni 71 kg vaznda bahslarga kirishgan Shahram G‘iyosov qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga imkoniyatni boy bergan edi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati joriy yilning 6 noyabriga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Boks Nodirjon Mirzahmedov Jahon chemionati

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing