Boks bo‘yicha JCH: Nodirjon Mirzahmedov medaldan quruq qoldi

Sport

image

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining chorak final bellashuvlariga start berildi.

Bugun, 2 noyabr kuni 48 kg vazn toifasida Nodirjon Mirzahmedov qozog‘istonlik Temirtas Jussupovga qarshi ringga ko‘tarildi va mag‘lubiyatga uchradi. Yarim finalga yo‘l olgan Jussupov JCH medalini naqd qildi. 

Mirzahmedov nimchorak finalda irlandiyalik Rikki Nesbitni taslim  etgandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 noyabr kuni Saidjamshid Jafarov (75 kg) va Mujibillo Tursunov (63,5 kg) chorak finalga yo‘l olgan edi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati joriy yilning 6 noyabriga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Nodirjon Mirzahmedov

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing