Boks bo‘yicha JCH: Lazizbek Mullajonov chorak finalga yo‘l oldi

Sport

image

Bugun, 31 oktyabr kuni boks bo‘yicha Jahon chempionatining yettinchi kungi bahslari davom etmoqda. 

Harbiy bokschilar o‘rtasida Jahon chempioni Lazizbek Mullajonov (+92 kg) angliyalik Delishes Orega qarshi ringga ko‘tarildi va uni mag‘lub etdi. U chorak finalda armanistonlik David Chaloyanga qarshi bahs olib boradi. 22 yoshli farg‘onalik charm qo‘lqop ustasi dastlabki bosqichda Eron vakili Puria Amiriga qarshi bahs olib borib, ishonchli g‘alabaga erishgandi.

Undan avval 54 kg vazndagi Shahobiddin Zoirov JCHdagi ikkinchi jangini yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi o‘tkazib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. 

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar ringga ko‘tarilgan o‘zbek boksidagi mashhur nomlar: Hasanboy Do‘smatov, Shahram G‘iyosov ilk jangdayoq yurishini to‘xtatgan edi. Bundan tashqari, Mirazizbek Mirzahalilov hakamlarning bahsli qaroriga ko‘ra, mag‘lub deb topilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Lazizbek Mullajonov Delishes Or'e

Baholaganlar

181

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing