Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda mashg‘ulot o‘tkazdi

Sport

image

Toshkent shahri mezbonlik qiladigan boks bo‘yicha Jahon chempionatiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 24 yanvar kuni poytaxtda navbatdagi mashg‘ulotlarni olib bordi. Qisqa mashg‘ulotlardan so‘ng terma jamoa a’zolari sparring janglarini o‘tkazdi.

Sparring janglarida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov, Rio Olimpiadasi g‘olibi Hasanboy Do‘smatov va 2019 yilgi Jahon chempionati oltin medali sohibi Mirazizbek Mirzahalilov ishtirok etdi.

“Bugun Toshkentdagi mashg‘ulotlarni yakunlab, yana Yangiobodda musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettiramiz. JCH oldidan sportchilarimiz Bolgariya va Vengriyadagi musobaqalarda ishtirok etadi”, deydi terma jamoa murabbiyi To‘lqin Qilichev.

Qayd etish joiz, boks bo‘yicha Jahon chempionati 1-14 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Do'smatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing