Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi (foto)

Sport

7

Kecha, 8 dekabr kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi.

Bu safargi musobaqa Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) andozalariga mos tarzda tashkil etilgan.

Joriy yilda ilk bor erkaklar 13, ayollar esa 11 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun bellashadi. Turnirda 350 nafar charm qo‘lqop ustalari (erkaklar 286, ayollar 64) ringga ko‘tariladi. Serbiya mamlakati mezbonlik qilgan Jahon chempionatida ishtirok etgan Mujibillo Tursunov (63,5 kg), Saidjamshid Jafarov (75 kg) va Odiljon Aslonov (80 kg) turnir favoritlari sifatida baholanmoqda. 

AIBA’ning tajribali instruktorlari Endryu Koulfild (Buyuk Britaniya) va Igor Biletskiy (Ukraina) O‘zbekiston chempionati davomida hakamlarni baholovchi (Evaluator) sifatida faoliyat yuritmoqda. Ya’ni, ushbu ikki mutaxassis O‘zbekiston chempionatida hakamlarning harakatlarini nazorat qiladi.

Shuningdek, boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida ilk marotaba xorijiy hakamlar ham faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, bugun, 9 dekabr kuni Mujibillo Tursunov Toshkent viloyati vakili Ozodbek To‘xtayevga qarshi ringga ko‘tariladi.  


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston chempionati Boks Mujibillo Tursunov

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing