Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan 2024 yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati Qozog‘istonda o‘tkaziladi. Bu haqda tashkilot o‘z rasmiy saytida xabar berdi.

Qayd etilishicha, dunyo birinchiligi Ostona shahridagi “Baris Arena”da bo‘lib o‘tadi. 

“Boks tomondan katta kuch va salohiyatga ega Qozog‘istondek davlat IBA tashkilotining eng katta turnirlaridan biriga mezbonlik qilishidan xursandman. Ostonada 2016 yilda Jahon chempionati muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilgan edi. Sabrsizlik bilan navbatdagi Jahon chempionatini kutyapman”, deydi IBA prezidenti Umar Kremlev. 

Ayollar o‘rtasidagi so‘nggi Jahon chempionatiga Hindiston davlati mezbonlik qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 14 may kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakunlandi. Turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Boks

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing