Boks: ayollar o‘rtasida eng og‘ir vaznda Olimpiada chempioni aniqlandi
Sport
−
08 avgust 2021
4161Bugun, 8 avgust kuni Tokio shahridagi “Kokugikan arena”da Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha final janglari o‘tkazilmoqda.
-75 kg vazn toifasida o‘tkazilgan final jangida jahonning birinchi raqamli bokschisi britaniyalik Loren Prays Olimpiya chempionligini qo‘lga kiritdi. U raqibi xitoylik Li Syangni 5:0 hisobida taslim etdi va oltin medalga ega bo‘ldi.
Avvalroq, Elnur Abduraimovning vaznida kubalik Endi Kruz amerikalik Kishon Devisni mag‘lub etib Olimpiya chempioniga aylangani haqida xabar qilgan edik.
Toshkent vaqti bilan soat 11:30 da Bahodir Jalolov Olimpiada chempionligi uchun amerikalik Richard Torresga qarshi ringga ko‘tariladi.