Boks: Ahmadaliyev chempionlik kamarlarini qachon himoya qilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Professional boks tarixidagi rekord – eng kam jang o‘tkazib, ikki kamarni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi bo‘yicha ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Unga ko‘ra, Murodjon Ahmadaliyev noyabr oyining oxirgi haftasida ringga ko‘tariladi va unda o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF jahon chempionlik kamarlarini himoya qiladi. Ahmadaliyevning raqibi IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar va vaqtinchalik jahon chempioni yaponiyalik Ryosuke Ivasa bo‘lishi kutilyapti. Bu borada tomonlar muzokaralarni olib bormoqda.

Ushbu boks oqshomi “Matchroom” kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi va unda bir qator mashhur nomlar jang o‘tkazishi kutilyapti.

Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev shu paytga qadar professonal boksda 8 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘olib bo‘lgan. Ryosuke Ivasa 27 ta jangda qatnashib, ularning 24 tasida g‘olib bo‘lgan. 3 bor mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev o‘tgan yili 31 yanvar kuni ikki yo‘nalish chempioni bo‘lib turgan amerikalik Daniel Romangaga (27-3-1, 10 KO) qarshi ringga chiqib, 12 raund natijalariga ko‘ra, g‘olib bo‘lgandi. Shu tariqa u birdan ikki kamarni qo‘lga kiritgan.

Bu muvaffaqiyati uchun O‘zbekiston Prezidenti uni "O‘zbekiston iftixori" unvoni, 3 xonali uy va Tracker avtomobili bilan taqdirlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Murodjon Ahmadaliev

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing