“Boka Xuniors” bosh murabbiyi vafot etdi
Sport
−
09 Oktabr 2295 2 daqiqa
Kecha, 8 oktyabr kuni Argentinaning mashhur “Boka Xuniors” futbol klubi bosh murabbiyi Migel Anxel Russo vafot etdi. 69 yoshli argentinalik mutaxassis saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan edi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Migel bizning klubimizda o‘chmas iz qoldiradi. U doimo quvonch, iliqlik va fidoyilik namunasi sifatida yodda qoladi”, deyiladi klub bayonotida.
So‘nggi paytlarda Russoning sog‘lig‘i yomonlashgani ma’lum edi. U so‘nggi marta joriy yilning 21 sentyabr kuni “Boka Xuniors”ning “Sentral Kordova”ga qarshi o‘yini (2:2)da jamoasiga tashrif buyurgan. Russo yo‘qligida jamoani uning yordamchisi Klaudio Ubeda boshqarib kelayotgandi. Klub uning sog‘lig‘i haqida rasmiy ma’lumot bermagan, biroq Argentina OAVi 2017 yilda murabbiyga prostata saratoni tashxisi qo‘yilgan haqida yozishgan edi.
Migel Russo hayotining yarmidan ko‘prog‘ini murabbiylikka bag‘ishlagan. U “Boka Xuniors”, “Rosario Sentral” va “Estudiantes de la Plata” klublarida ishlagan va bir paytlar Argentina milliy terma jamoasi uchun menejer sifatida faoliyat olib borgan.
Migel Russo 2005 yilda “Veles Sarsfild” bilan Argentina chempionligini qo‘lga kiritgan. 2007 yilda esa Diyego Maradonaning taklifi bilan “Boka Xuniors”ni boshqarib, Libertadores kubogida g‘alaba qozongan. Bu uning murabbiylik faoliyatidagi eng katta yutug‘i hisoblanadi. Shuningdek, u 2017 yilda “Milonarios” (Kolumbiya) jamoasini chempionlikka olib chiqqan. Bu paytda Russo saraton kasalligidan kimyoterapiya kursini endigina yakunlagan edi.
Ma’lumot uchun, Migel Russo joriy yilning iyun oyida 4 yillik tanaffusdan so‘ng uchinchi bor “Boka Xuniors”ni boshqarishga qaytgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bunyodkor” jamoasi murabbiyi Sergey Arslonov vafot etgandi.
Live
Barchasi