Bog‘chalar, buyum bozorlari va avtobus qatnoviga ruxsat beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining galdagi qarori bilan, 15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat beriladi.

Bunda:

•    maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish;

•    maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;

•    xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi; 

•    tana harorati 37°S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.

Shuningdek, 15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat beriladi.

Bunda buyum bozorlari doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlanishi, sotuvchilar va xaridorlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37°S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan  hollarda buyum bozorlari hududiga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.

Qolaversa, 15 iyundan hududlar o‘rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, 15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda hududlar o‘rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi.

Bunda tashuvchilar faoliyati quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi:

•    transport vositasini yakuniy yo‘nalish nuqtasida dezinfeksiya qilish;

•    avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo‘lovchilarni kiritish; 

•    haydovchilarni tibbiy qo‘lqop va tibbiy niqoblar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko‘rish. 


Maqola muallifi

Teglar

bog'cha avtobus Koronavirus O'zbekistonda buyum bozori

Baholaganlar

1133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing