Bog‘chada xotinini bo‘g‘gan erkak ayolni o‘ldirgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar ko‘z o‘ngida eri tomonidan kaltaklangan ayol o‘ldirib ketilgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, tumandagi Mevazor mahallasida yashagan 24 yoshli M.U.ni eri kecha, 25 avgust kuni rashk sabab pichoqlab o‘ldirgan. 

Ayol oilaviy poliklinikada hamshira bo‘lib ishlagan.

Tarmoqdagi ma’lumotlarga qaraganda M.U. Oilaviy kelishmovchiliklar tufayli ota uyiga ketib qolgan. Eri esa uni qidirib, borgan. Ayolning ota-onasi esa kuyoviga qizi bilan uchrashishga ruxsat bergan. G‘irt mast ahvolda bo‘lgan erkak M.U.ni ko‘rishi bilan uning bo‘yniga pichoq tirab, azoblagan. Keyin esa ayolni bo‘g‘izlab, voqea joyidan qochib ketgan. Ayol ota-onasi uni shifoxonaga olib ketayotganda vafot etgan.

Huquq-tartibot idoralari hozircha voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot bermadi.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda erkak Quyi Chirchiqdagi bog‘chalardan birida er ayolini bo‘g‘ayotgani aks etgan video tarqalgandi. Maktabgacha ta’lim vazirligi ayol bog‘chada ishlamasligini, u eridan qochib, MTTga kirganini ma’lum qildi. Viloyat IIBB esa holat bo‘yicha tekshiruv boshlanganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

1767

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing