Bog‘chada bolalarni urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image
Xorazmdagi bog‘cha tarbiyachisining bolalarni urgani bilan bog‘liq video tarqaldi north_east

Xorazmdagi bog‘cha tarbiyachisining bolalarni urgani bilan bog‘liq video tarqaldi

Avvalroq, Urganchdagi bolalar bog‘chasida tarbiyachi bolalarni urgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. 

Urganch tuman prokuraturasi tomonidan ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videodvgi holatlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida tarbiyachi Sevara Sultonova o‘z tushuntirish xatida joriy yilning 17 oktyabr kuni 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri L.Qadirova bilan o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqanligini, o‘z guruhiga borganida tarbiyalanuvchilar bir-birlari bilan janjallashayotganligini ko‘rib jahl bilan ularni kaltaklaganini, biroq ularga og‘ir shikast yetkazmaganligini bayon qilgan.

Ushbu holat bugun, 25 oktyabr kuni Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi hodimlari, shuningdek tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilingan.
Muhokama natijasiga ko‘ra, 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mudirining 25 oktyabrdagi №113-sonli buyrug‘i bilan muassasada tayyorlov guruhi tarbiyachi lavozimida ishlab kelayotgan Sevara Sultonova o‘z vazifasidan ozod etildi.
  
Shuningdek, tarbiyachi Sevara Sultonova hatti-xarakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazib, qonuniy qaror qabul qilinishi uchun to‘plangan hujjatlar tuman IIBga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Urganch

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing