Xorazmdagi bog‘cha tarbiyachisining bolalarni urgani bilan bog‘liq video tarqaldi
Jamiyat
−
25 oktabr 2019 8953 1 daqiqa
Kecha, 24 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 2-maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi S.S. tomonidan o‘zi rahbarlik qiladigan guruh tarbiyalanuvchilariga nisbatan kuch ishlatayotgani yuzasidan video tarqalmoqda.
Mazkur holat bo‘yicha Xorazm viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining Urganch tumani bo‘limi dastlabki o‘rganish ishlari boshlangani haqida ma’lum qildi.
Barcha zarur choralarni qo‘rish maqsadida hamda ushbu holat yuzasidan MTTdagi bolalarga nisbatan qo‘llanilgan noqonuniy xatti-harakatlar bo‘yicha tegishli huquq-tartibot idoralariga qonuniy chora ko‘rish, mavjud ma’lumotlarni taqdim qilish uchun shu MTTdagi videokuzatuv kamerasi xotirasi saqlangan xona muhrlandi.
Bugun, 25 oktyabr kuni soat 16:00 da Urganch tumanidagi 2-MTTda tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari hamda ushbu MTT kuzatuv kengashi a’zolari uchun umumiy yig‘ilish chaqirilishi belgilandi.
Shuningdek, bolalarga nisbatan noqonuniy xatti-harakat olib borgan va kuch ishlatgan Urganch tumanidagi 2-MTT tarbiyachisi (videotasvirdagi) S.S.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha ariza bilan Xorazm viloyati prokuraturasi va Urganch tumani prokuraturasiga murojaat qilinishi bildirilgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28