Boeing “tayyor turishga” chaqirdi
Texnologiya
−
25 mart 2020
13928Boeing 737 MAX havo laynerlarini ishlab chiqarish joriy yilning may oyidan qayta tiklanadi. Bu haqda bugun, 25 mart kuni “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
Kompaniya allaqachon yetkazib beruvchilardan "tayyor turishni" so‘ragan. Chunki korporatsiya Boeing 737 MAX modeliga zarur detallarni to‘plashni boshlaydi.
Koronavirus tufayli kompaniyaning rejalari puchga chiqqan edi. Dastlab, agentlik manbasiga ko‘ra, Boeing aprel oyida layner ishlab chiqarishni tiklashga umid qilgandi, ammo infeksiyaning tez tarqalishi sababli bu reja amalga oshmay qoldi.
Xabarlarga ko‘ra, Boeing aerokosmik korporatsiyasi ikkita Boeing 737 MAX samolyotining halokati oqibatida 18 milliard dollardan ko‘proq zarar ko‘rgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilning Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 MAX halokatga uchradi. O‘shanda bortda bo‘lgan 189 yo‘lovchining barchasi halok bo‘lgan edi. Samolyot parvozdan 13 daqiqa o‘tgach qulagan.
2019 yilning mart oyida Ethiopian Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 MAX samolyoti parvozdan bir necha daqiqa o‘tgach Efiopiyada fojiaga uchragan edi.
LiveBarchasi
26 noyabr