Germaniyada Boeing samolyotining shassisi sinib ketdi (video)

Olam

image

Bugun, 4 iyun kuni Germaniyaning Frankfurt aeroportida Boeing 787 Dreamliner samolyoti yo‘lovchilarni tushirish joyiga yetib borganidan so‘ng uning old shassisi sinib ketdi. Oqibatda bir necha kishi jabrlandi. Bu haqda “Spiegel” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kunduzi Frankfurt aeroportida reys yakunlanganidan keyin sodir bo‘lgan. Boeing 787 Dreamliner yo‘lovchilarni tushirish joyida turgan bo‘lgan, o‘sha paytda to‘satdan uning old shassisi ishdan chiqqan. Oqibatda samolyotning burun qismi keskin pastga tushib ketgan, uchuvchilar kabinasi esa yerga urilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi jiddiy shikastlangan.

Hodisa yuz bergan vaqtda bortda yo‘lovchilar bo‘lmagan. Samolyot ichida faqat ekipaj a’zolari va aeroportning yerusti xizmati xodimlari bo‘lgan.

Lufthansa vakilining ma’lum qilishicha, bir nechta ishchi jarohat olgan. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. “FlightRadar24” ma’lumotlariga ko‘ra, layner Frankfurtdan Los-Anjelesga uchishi kerak bo‘lgan. Samolyot 2025 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, undan foydalanish 2026 yilning fevral oyida boshlangan.

Hodisa sabablari hozircha noma’lum. Mutaxassislar yuz bergan voqea texnik nosozlik bilan bog‘liqmi yoki inson omili tufaylimi, bunga oydinlik kiritishi zarur.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida aviatsiya-kimyoviy ishlarni bajarayotgan An-2 samolyoti halokatga uchragandi. Hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya samolyot Boeing

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing