Bobur Omonov 2 karra Paralimpiada chempioni bo‘ldi

Sport

image

Fransiya mezbonligi ostida kechayotgan 2024 yilgi yozgi Paralimpiada o‘yinlarining yengil atletika bahslarida o‘zbekistonlik Bobur Omonov ikkinchi urinishda 14,32 metr natija qayd etib, Paralimpiada o‘yinlari rekordini o‘rnatdi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Uning eng yaqin ta’qibchisi germaniyalik Kappel 13,74 metr natija qayd etdi. Omonovning natijasini hech kim yangilamadi. Shu tariqa o‘zbekistonlik sportchi ikkinchi bor Paralimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Bobur Omonov Tokio-2020 Paralimpiadasi g‘olibi bo‘lgan. 2022 yili Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan IV Paraosiyo o‘yinlarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 14 taga yetdi: 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Paralimpiada Bobur Omonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made