Bobur Abduxoliqov va Gulruhbegim Tohirjonova ham taqdirlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Yoshlar kuni munosabati bilan faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Farmon bilan “Kelajak bunyodkori” bilan taqdirlanganlar orasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Bobur Abduxoliqov hamda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasi a’zosi Gulruhbegim Tohirjonova ham bor.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlanganlar ro‘yxati:

  • Nodira Abdinazar qizi Abdug‘aniyeva – Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
  • Jamshidbek Rashid o‘g‘li Ismoilov – To‘rtko‘l tumanidagi “Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
  • Rayyona Nodirbek qizi Ibrohimova – Andijon shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Andijon viloyati);
  • Jamshidbek Jasurbek o‘g‘li Rejavaliyev – Andijon shahridagi MCHJ direktori (Andijon viloyati);
  • Ruhshona Shuhrat qizi Dehqonova – Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi (Buxoro viloyati);
  • Parviz Abdurahimovich To‘qsonov – Buxoro shahridagi o‘quv markazining SAT imtihoni bo‘yicha tayyorlovchi-mutaxassisi (Buxoro viloyati);
  • Farzona Alisher qizi Odilova – Jizzax shahri yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i (Jizzax viloyati);
  • Akbar Ikrom o‘g‘li Turdiboyev – Do‘stlik tumanidagi MCHJ ta’sischisi (Jizzax viloyati);
  • Abdikarimbek Abdixalil o‘g‘li Jalilov – MCHJning loyihalar ofisi guruhi mutaxassisi (Qashqadaryo viloyati);
  • Xodiyeva Sitora Shoxabbos qizi – Qarshi davlat texnika universitetining tayanch doktoranti (Qashqadaryo viloyati);
  • Abror Burxonovich Aslonov – “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining ammiak ishlab chiqarish sexi smena katta ustasi (Navoiy viloyati)
  • Alina Xurshidovna Maksyutova – Navoiy shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Navoiy viloyati);
  • Niholaxon Foziljon qizi Ahmadaliyeva – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi (Namangan viloyati);
  • Zahiriddin Sayfiddin o‘g‘li Mamadaliyev – Namangan shahridagi MCHJ rahbari (Namangan viloyati);
  • Shohrux Odil o‘g‘li Qudratov – Samarqand shahridagi MCHJ direktori (Samarqand viloyati);
  • Mahbuba Xidirboy qizi Salimova – Samarqand davlat universitetining 1-bosqich magistranti (Samarqand viloyati);
  • Alisher Samandar o‘g‘li Abdualimov – Sirdaryo tumanidagi MCHJ rahbari (Sirdaryo viloyati);
  • Ziyoda Olimjon qizi Jo‘raboyeva – Guliston tumanidagi fermer xo‘jaligi mexanizatori (Sirdaryo viloyati);
  • Shahzod Baxtiyor o‘g‘li Ismatov – Termiz shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi (Surxondaryo viloyati);
  • Sitoraxon Abduqahhor qizi Hakimjonova – Sariosiyo tumanidagi MCHJ rahbari (Surxondaryo viloyati);
  • Qahramon O‘ktam o‘g‘li Mamatqulov – Bekobod shahridagi MCHJ rahbari (Toshkent viloyati);
  • Sodiqova Feruza Ravshanbek qizi – Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining taekvondo bo‘yicha murabbiysi;
  • Saidahmadxon Saidahrorxon o‘g‘li Mahmudov – Marg‘ilon shahridagi xususiy korxona rahbari (Farg‘ona viloyati);
  • Sabina Sherzod qizi Nabiyeva – Amerika Qo‘shma Shtatlarining Arizona universiteti 3-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati);
  • Maftuna Omonjon qizi Ochilova – Urganch shahridagi “Nurli hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi (Xorazm viloyati);
  • Dilshodbek Ulug‘bekovich Yusupov – Urganch shahridagi MCHJ direktori (Xorazm viloyati);
  • Shohsanam Ozodboy qizi Quryozova – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2-bosqich talabasi (Toshkent shahri);
  • Sherzod Yokubjonovich Xaliqov – Yashnobod tumanidagi 30-Mehribonlik uyi tarbiyachisi (Toshkent shahri);
  • Bobur Alisher o‘g‘li Abduxoliqov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.
  • Gulasal Toshqul qizi Bo‘tayeva – Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 2-bosqich talabasi
  • Orzugul Umarovna G‘oyibova – “Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti eksperti, “TOP-100 Uni” loyihasi rahbari
  • Aziza Ilhom qizi Isroilova – “EPAM Systems” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lumot tahlilchisi, dasturchi
  • Asror Avazovich Qambarov – “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining Parvoz xizmati departamenti “A-320” havo kemasi uchuvchisi
  • Sardorbek Nuroli o‘g‘li Muxtorov – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘zbekiston” lokomotiv deposi “Afrosiyob” yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti
  • Narimon Ruslanovich Sabirov – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endoskopiya bo‘limi shifokor-endoskopisti
  • Fotima Dilshod qizi Soipova – Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi
  • Gulruhbegim Alisher qizi Tohirjonova – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi

Maqola muallifi

Teglar

Gulruhbegim Tohirjonova Bobur Abduxoliqov Kelajak bunyodkori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing