Prezident Kann kinofestistivali g‘oliblariga medal berdi

Jamiyat

image

Fransiyaning Kann shahrida o‘tkazilgan inklyuziv filmlar xalqaro festivalida “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, bosh sovrin – gran-prini qo‘lga kiritgani uchun film ijodkorlari “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmonida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, o‘zining yorqin iste’dodi, yuksak professional mahorati va izlanuvchanligi, samarali ijodiy faoliyati bilan mamlakatda kino san’atini rivojlantirish va jahon miqyosida targ‘ib etish, Kann shahrida o‘tkazilgan inklyuziv filmlar xalqaro festivalida “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, bosh sovrin – Gran-prini qo‘lga kiritgani, milliy qadriyatlarimizni aks ettiradigan badiiy obrazlarni yaratish, yosh avlod qalbida ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish borasidagi xizmatlari uchun erkin ijodkor, ssenarist, kinorejissyor Suhrob Tolmasovich Qodirov hamda Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent shahridagi filiali talabasi Dilshodbek Xolmurod o‘g‘li Usmonov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Kelajak bunyodkori Kann kinofestistivali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing