Bobousmon Baturov Olimpiadani tark etdi. Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi qoldi

Sport

image

Boks bo‘yicha -69 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bobousmon Baturov chorak finalda Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini to‘xtatdi. Bu bosqichda unga britaniyalik Pet Makkormak raqiblik qildi. Biroq dastlabki uch daqiqalikni faol o‘tkazgan Baturov 2 va 3-raundlarda tashabbusni boy berib qo‘ydi va Olimpiada bilan xayrlashdi. Makkormak esa yarim finalga yo‘l oldi.

Ikki bokschi 2019 yilgi Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatining yarim finalida to‘qnash kelgan va unda Yevropa chempioni hisoblangan Pet Makkormak g‘alaba qozongan edi.

Shu tariqa Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonning uch nafar bokschisi qoldi.

Ma’lumot uchun, -69 kg vazn toifasida Rio Olimpiadasida Shaxram G‘iyosov ishtirok etgan va yakunda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Tokio-2020 Bobousmon Baturov

Baholaganlar

217

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing