Bobousmon Baturov ham mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
10 mart 2020
6851Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasining litsenzion turniri davom etmoqda. Navbat -69 kilogramm vazn toifasiga ham yetib keldi. Ushbu vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschilardan Bobousmon Baturov Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan edi.
Qur’a Baturovga yarim final bosqichida mezbonlarning ishongan bokschisi Husseyn Iashashni ro‘baro qildi. Keskin va murosasiz kechgan bahsda mezbon sportchining qo‘li baland keldi. Shu tariqa Baturov O‘zbekiston terma jamoasining ikkinchi bronza medaliga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rio-2016 g‘olibi Shahobiddin Zoirov ham yarim final jangida mag‘lubiyatga uchradi va bronza medali bilan taqdirlandi.