BMTning mingga yaqin xodimida koronavirus aniqlandi

Salomatlik

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti butun dunyo bo‘ylab xodimlar orasidagi epidemiologik vaziyat haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Tashkilot Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning ta’kidlashicha, butun dunyo bo‘ylab BMTning 953 nafar xodimi koronavirusga chalingan.

Shuningdek, u 45 xodim COVID-19 dan sog‘ayganini qo‘shimcha qilgan.

Dyujarrikning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasi bilan ishlaydigan xodimlarning aksariyati BMTning Malidadagi ko‘p tarmoqli integratsiyalashgan missiyasi vakillaridir. Ular orasida ikki nafar bemor kasallikning qurboniga aylandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlarning umumiy soni 7 731 673 nafarga yetdi. Kasallik tufayli 428 210 bemor vafot etgan bo‘lsa, 3 925 273 nafari sog‘aydi.
 


Maqola muallifi

Teglar

BMT

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing