BMTni isloh qilish rejasi qabul qilindi
Olam
−
23 Sentabr
3166Rossiya qarshiligiga qaramay, Germaniya tashabbusi bilan ishlab chiqilgan BMTni isloh qilish rejasi Nyu-Yorkdagi Kelajak sammitida tasdiqlandi. Bu haqda kecha, 22 sentyabr kuni tashkilot Bosh Assambleyasi Prezidenti Filemon Yang ma’lum qildi.
Rossiya bir ovozdan qabul qilinishi kerak bo‘lgan kelishuvdan uzoqlashdi. Kelishuvni tasdiqlash marosimi avvalida Moskva vakili – Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin rejadan tashqari so‘zga chiqishni so‘radi va hujjat matniga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish zarurligini e’lon qildi. Shunday qilib, u ovoz berishsiz amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hujjatning barcha 193 mamlakat tomonidan rasman ma’qullanishini shubha ostiga qo‘ydi.
DPA’ning yozishicha, Vershinin agar Rossiya talab qilgan tuzatish “Kelajak uchun pakt” matniga kiritilmagan bo‘lsa, ushbu hujjat bo‘yicha konsensusdan uzoqlashish bilan tahdid qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shartnomaning murosali namunasidan mamnun bo‘lmagan mamlakatlarga keyingi muhokamalar uchun imkoniyat berilmagan.
Shundan so‘ng, Kongo vakili so‘zga chiqib, Rossiya talab qilgan o‘zgartirishlarni ko‘rib chiqmaslikni taklif qildi va 143 mamlakat Rossiya so‘rovini ko‘rib chiqmaslik va shu bilan uni rad etish uchun ovoz berdi. Bunga Rossiyadan tashqari Belarus, Nikaragua, Shimoliy Koreya va Suriya ham qarshi chiqdi.
Biroz vaqt o‘tgach, BMT sammiti ishtirokchilari “Kelajak pakti”ni rasman qabul qildi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, hujjat tinchlik va xavfsizlik yo‘lida yangi imkoniyatlarga yo‘l ochadi va bu xalqaro hamkorlikni isloh qilish hamda adolatli dunyo sari muhim qadamdir.
LiveBarchasi