BMTda O‘zbekistonning yangi vakili ish boshladi

Olam

image

Kecha, 22 avgust kuni Nyu-Yorkda O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi yangi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Uchrashuvda Antoniu Guterrish O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi alohida qayd etilgan.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, BMT orqali bo‘lajak oliy darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvalini muhokama qilgan.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Lapasov 1982 yilning 14 oktyabrida Samarqand shahrida tug‘ilgan. 2000 - 2005 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat bosqichini, 2005 - 2006 yillarda Fransiyadagi Jean Moulin Lyon 3 universitetining magistraturasini tamomlagan. 2018 yildan O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkiloti Jenevadagi bo‘limi va boshqa xalqaro tuzilmalardagi doimiy vakili, 2022 yildan BMTning inson huquqlari kengashi vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan.

Ulug‘bek Lapasov Nyu-Yorkda 2017 yil may oyida O‘zbekistonning BMTdagi (Nyu-York) doimiy vakili etib tayinlangan Baxtiyor Ibrohimov o‘rnini egalladi. 2019 yilning iyun oyida BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida O‘zbekiston birinchi marta navbatdagi sessiya raisi o‘rinbosari etib saylangan. Baxtiyor Ibrohimov 2019 yil sentyabrdan 2020 yil sentyabrgacha shu vazifani bajargan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Ulug'bek Lapasov doimiy vakil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing