BMT Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani olqishladi

Olam

image

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaning (YAQTTSH) ratifikatsiya qilinishini olqishladi. Bu haqda Bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

"Bosh kotib shartnomani ratifikatsiya qilgan davlatlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va muzokaralarni olib borish hamda shartnomani ratifikatsiya qilishda muhim rol o‘ynagan fuqarolik jamiyati ishlarini mamnuniyat bilan qabul qiladi", deyiladi bayonotda.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, shartnomaning kuchga kirishi yadro portlashlari va sinovlaridan omon qolganlarga hurmat ko‘rsatishdir.

Ma’lumot o‘rnida, 50 ta davlat Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani (YAQTTSH) ratifikatsiya qildi va hujjat 2021 yilning 22 yanvarida kuchga kiradi.

Avvalroq Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSH va Fransiya Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaning tuzilishiga qarshi chiqqan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

BMT Yadro qurolini taqiqlash to'g'risidagi shartnoma

Baholaganlar

101

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing