BMT uyg‘urlarning buzilgan huquqlari haqidagi hisobot qachon e’lon qilinishini ochiqladi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida inson huquqlarining buzilishiga oid hisobot ustida ishlamoqda. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet brifingda ma’lum qildi. 

Bacheletning so‘zlariga ko‘ra, u hujjatni muddati tugaguniga qadar – 31 avgust kuni e’lon qiladi. 

“Biz hisobot ustida ishlayapmiz. Ishim (BMT Oliy komissari sifatida – tahr.) tugaguniga qadar chop etmoqchiman. Biz qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz”,  deydi u. 

Komissar yaqinda Xitoy Xalq Respublikasiga safari chog‘ida Shinjon hukumati bilan bo‘lgan uchrashuvda mintaqada inson huquqlari buzilishi va o‘zboshimchalik bilan hibsga olish haqidagi xabarlardan xavotir bildirganini aytdi. 

“Hisobotda Shinjondagi uyg‘urlar va ozchilik musulmonlar huquqlarining poymol etilishi batafsil yoritilgan”, deydi Bachelet. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti matbuot kotibi, shuningdek, Xitoy rasmiylarining hisobot chop etilishiga to‘sqinlik qilish uchun bosim o‘tkazgani haqidagi da’volarni ham rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiyaning BMTdagi doimiy vakili Pol Bekkers BMT Inson huquqlari kengashining joriy yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan 50-sessiyasida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi inson huquqlari ahvoli haqidagi kechiktirilgan hisobotni zudlik bilan e’lon qilishi kerakligini aytgandi.

Shundan so‘ng, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin joriy yilning 12-13 iyul kunlari Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatining Urumchi shahriga safar qildi. U mintaqaga 2014 yilda, BMT Inson huquqlari kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy hukumati mamlakat shimoli-g‘arbida uyg‘urlar va qozoqlarga nisbatan “genotsid” siyosatini boshlaganidan beri ilk bor tashrif buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy BMT Uyg'urlar

Baholaganlar

120

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing