BMT Ukrainadagi odamlar o‘limida Kiyevni ham aybladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Minglab halok bo‘lgan va yaralangan tinch aholi, fuqarolik infratuzilmasi va turar-joy binolarining ommaviy vayron bo‘lishi, o‘zboshimchalik bilan hibsga olishlar va zo‘ravonlik bilan g‘oyib bo‘lishlar, qiynoqlar va shafqatsiz munosabat, jinsiy zo‘ravonlik – Rossiyaning Ukrainaga qurolli hujumi aynan shu narsaga olib keldi. Bu haqda BMTning Ukrainadagi inson huquqlari monitoringi missiyasining e’lon qilingan hisobotida aytiladi, deya xabar beradi BMT matbuot xizmati. 

24 fevraldan 15 maygacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan hisobotda Ukrainaning 30 dan ortiq joylarida, jumladan, Kiyev, Chernigov, Xarkov va Sumi viloyatlarida tinch aholining sudsiz qatl qilinishi va qirg‘in qilinishi haqidagi hisobotlar hujjatlashtirilgan. Qatl va qotilliklar fevral va mart oylarining oxirlarida, bu hududlar Rossiya qurolli kuchlari nazorati ostida bo‘lgan paytda sodir bo‘lgan. 

15 may holatiga ko‘ra, missiya 300 dan ortiq shunday qotilliklar haqida ma’lumot olgan. Yangi dalillar paydo bo‘lishi bilan bu raqam ortishi mumkin. Birgina Bucha shahrida missiya a’zolari "shahar ularning nazorati ostida bo‘lgan paytda Rossiya qurolli kuchlari tomonidan kamida 50 nafar tinch aholining o‘ldirilishini hujjatlashtirishgan". Hisobotda tinch aholiga nisbatan qiynoqlar va shafqatsiz munosabat holatlari ham tasvirlangan. 

“Tinch aholini har kuni o‘ldirish, qiynoqlar, g‘oyib bo‘lishlar va boshqa qonunbuzarliklar to‘xtatilishi kerak. Agar jangovar harakatlar to‘xtamasa, u holda eng zarur minimal narsa bu xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlariga to‘liq rioya qilishdir”, deydi BMTning Ukrainadagi Inson huquqlari monitoringi missiyasi rahbari Matilda Bogner. 

Hisobotda shartnoma qoidalarini buzishning ko‘plab holatlari qayd etilgan. Xususan, unda aytilishicha, ko‘p hollarda Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari va kamroq darajada Ukraina Qurolli kuchlari tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazishda tasodifiy o‘limning oldini olish yoki hech bo‘lmaganda minimallashtirish uchun mutanosiblik va ehtiyot choralariga rioya qilmagan.

Matilda Bogner har qanday vaqtda va har qanday sharoitda qiynoqlar va o‘zboshimchalik bilan hayotdan mahrum qilishning mutlaq taqiqlanganligini eslatdi.  

“Jinoyatchilar javobgarlikka tortilishi kerak, jabrlanuvchilar va ularning yaqinlari samarali huquqiy himoya vositalaridan foydalanish va haqiqatni aniqlash huquqidan foydalanishlari shart”, deydi monitoring missiyasi rahbari. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Monitoring missiyasi a’zolari mojaro paytida ko‘plab jinsiy zo‘ravonlik holatlari haqida ham ma’lumot to‘plashdi. Ular 23 ta zo‘rlash holatlarini, jumladan, zo‘rlash va guruhli zo‘rlashni tasdiqlashga muvaffaq bo‘lishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing