BMT Ukrainada qancha tinch aholi halok bo‘lganini e’lon qildi

Olam

image

2022 yilning fevralida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri mamlakatda  10 ming 200 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan. Bu haqda kecha, 10 yanvar kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) direktori Edem Vosornu BMT Xavfsizlik Kengashining Ukrainadagi urushga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma’lum qildi

Uning aytishicha, 2023 yil dekabr oyi oxirida Rossiya havo hujumlari kuchayganidan buyon Ukraina bo‘ylab 125 nafar tinch aholi halok bo‘lgan va 550 dan ortiq fuqaro yaralangan. 

Shuningdek, Vosornu so‘nggi ikki yillik urush davomida 19 300 dan ortiq tinch aholi jarohatlanganini va Rossiyaning so‘nggi qator havo hujumlari uylar, maktablar, shifoxonalar, elektr ta’minoti va boshqa muhim fuqarolik infratuzilmasining keng miqyosda vayron bo‘lishiga sabab bo‘lganini aytgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ukrainadagi urush qurbonlarining haqiqiy soni hujjatlashtirilganidan ancha yuqori ekanini doimo ta’kidlab keladi. BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri 6,3 millionga yaqin ukrainalik boshqa davlatlarga qochib ketgan. Ularning aksariyati – 5,9 millionga yaqini Yevropa davlatlarida istiqomat qilgan. Ukrainaning o‘zida yana 3,7 million kishi ko‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya BMT Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing