Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

BMT Turkmanistonning doimiy betarafligi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

Olam

image

Joriy yilning 21 mart kuni BMT Bosh Assambleyasi 79-sessiyasining 61-yalpi majlisida “Turkmanistonning doimiy betarafligi” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bu haqda mamlakat Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Rezolyutsiyani taqdim etish chog‘ida Turkmanistonning BMTdagi doimiy vakili Aksoltan Atayeva doimiy betaraflik maqomi Turkmaniston tashqi siyosatining, mamlakatning xalqaro maydonda muvozanatli tinchlikparvar doktrinasini amalga oshirishning asosi ekanini ta’kidlagan.

Vakil betaraflik mamlakatning ham tashqi, ham ichki siyosatida ildiz otganini, Turkmanistonning doimiy betaraflik to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonuni bilan mustahkamlanganini va turkman xalqining tinchlik, muloqot va o‘zaro hurmatni davlat qurilishining asosiga qo‘yadigan tarixiy merosi va an’analariga asoslanganini alohida ta’kidlagan.

Rezolyutsiyada tinchlik muzokaralarini o‘tkazish uchun betaraf mamlakatlar hududlaridan foydalanish tavsiya etilgan.

Mazkur hujjatga 67 ta davlat hammualliflik qilgan.

Ma’lumot uchun, Turkmanistonning doimiy neytralligi to‘g‘risidagi ilk rezolyutsiya 1995 yil 12 dekabrda qabul qilingan. Turkmaniston tashabbusi bilan 2017 yilda BMT Bosh assambleyasi 12 dekabrni Xalqaro neytrallik kuni deb e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 1 mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Antaliya diplomatik forumida jahon hamjamiyatida betaraflik normalari va amaliyotlaridan kengroq foydalanish kerakligi, bu ziddiyatli vaziyatlarni hal qilishga yordam berishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing