BMT “Tolibon”ga qarshi monitoring qo‘mitasi vakolatini uzaytirdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatiga nisbatan Sanksiyalar monitoringi qo‘mitasi vakolatini yana 1 yilga uzaytirdi. Bu haqda joriy yilning 12 fevral kuni o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, sanksiyalar “Tolibon” bilan bog‘liq shaxslar va tashkilotlarga ham uzaytirilgan. Shuningdek, “Tolibon”ning bir nechta yetakchilariga nisbatan sayohat cheklovidan ozod qilish muddati yangilanmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, 1988 yildagi Afg‘oniston sanksiyalari “Tolibon” bilan bog‘liq shaxslar, guruhlar, institutlar va tashkilotlarga nisbatan mol-mulkni muzlatish, sayohat cheklovlari va qurol embargolarini o‘z ichiga oladi.

Ushbu sanksiyalarni ro‘yxatga olish mezonlariga “Tolibon” bilan bog‘liq shaxslar va guruhlarning faoliyatida ishtirok etish, qurol yetkazib berish, xodimlar yollash yoki ularning faoliyatini har qanday shaklda qo‘llab-quvvatlash, bu esa Afg‘oniston tinchligi, xavfsizligi va barqarorligiga tahdid solishi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik qonuniylashtirilgani haqida xabar berilgan edi.

E’zoza Olimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT “Tolibon” monitoring qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing