Monako shahzodasi koronavirusdan tuzaldi
Olam
−
31 mart 2020
4502Avvalroq, Monakoning 62 yoshli shahzodasi Alber II koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 31 mart kuni paydo bo‘lgan xabarga ko‘ra, Alber II koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan. Bu haqda shahzoda saroyining ma’muriyati ma’lum qilgan.
Xabarlarga ko‘ra, shifokorlar shahzodaga karantindan chiqishiga ruxsat berishgan.
“Shahzoda butunlay sog‘aydi va o‘zini yaxshi his qilmoqda”, deyiladi xabarda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Monakoda 49 nafar shaxs koronavirusga chalingan. 1 nafar bemor vafot etgan bo‘lsa, 1 nafari sog‘ayib ketgan.
LiveBarchasi