BMT sudi Isroilning turarjoy siyosatini xalqaro huquqqa zid deb topdi

Olam

image

Xalqaro sud Isroilning turarjoy siyosatini xalqaro qonunlarga zid deb topdi. Bu haqda sud raisi Navaf Salom Falastin hududlari masalasi bo‘yicha maslahat xulosasini e’lon qilayotganida so‘z ochdi.

Sud majlisida sudya maslahat xulosasini chiqarish uchun sud zarur yurisdiksiyaga ega ekanligini ta’kidladi va shu bilan Isroil va boshqa bir qancha davlatlarning masaladan voz kechish haqidagi so‘rovlarini rad etdi.

Salomning qayd etishicha, Isroilning aholi punktlari faoliyati kengaymoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu siyosat, shuningdek, tabiiy resurslardan faol foydalanish “xalqaro huquqqa”, shu jumladan Jeneva konvensiyasiga zid keladi.

Sud majlisi boshlanishidan oldin bir necha o‘nlab odamlar Falastin bayroqlari va Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi belgilar bilan sud oldida to‘planishdi.

“Isroilning siyosati va harakatlari yerga qaytarilmas ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan va noma’lum muddat davomida o‘z kuchida qoladi. Shunday qilib, sud bu siyosat va harakatlar bosib olingan Falastin hududining muhim qismini anneksiya qilish bilan teng deb topdi”.

Sud, shuningdek, Isroilning xatti-harakatlari falastinliklarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini buzadi, deb hisoblaydi.

“Isroilning o‘nlab yillar davomida olib borgan siyosati va harakatlari oqibatida Falastin xalqi o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan mahrum bo‘ldi va bu siyosat va harakatlarning davom etishi kelajakda ushbu huquqdan foydalanishga putur yetkazadi. Shunga ko‘ra, sud Isroilni Falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini hurmat qilish majburiyatini buzayotganini aniqladi”, deydi sudya.

Shuningdek, sud “Isroil bosib olingan Falastin hududlaridagi noqonuniy mavjudligini imkon qadar tezroq tugatish majburiyati bor”, deb hisoblaydi.

“Isroil barcha yangi aholi punktlarini zudlik bilan to‘xtatishi va bosib olingan hududlardan barcha ko‘chmanchilarni evakuatsiya qilishi shart”, deydi sudya Salom.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa Xalqaro Sudning Falastin hududlarida turar-joy qurish faoliyatini to‘xtatishni talab qilgan xulosasini rad etdi.

“Yahudiy xalqi o‘z yurtini zabt etuvchi emas – na bizning abadiy poytaxtimiz Quddus, na Yahudiya va Samariyadagi ajdodlarimiz merosi (Isroilning G‘arbiy Sohil uchun atamasi). Gaagadagi hech qanday noto‘g‘ri qaror bu tarixiy haqiqatni buzib tashlamaydi. Vatanimiz bo‘ylab Isroil aholi punktlarining qonuniyligini shubha ostiga qo‘yib bo‘lmaydi”, deb yozdi u X’dagi sahifasida.

2022 yil dekabr oyida BMT Bosh Assambleyasi Xalqaro suddan Isroilning bosib olingan Falastin hududlari, jumladan Sharqiy Quddusdagi siyosati va harakatlaridan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar bo‘yicha maslahat xulosasini chiqarishni so‘rab rezolyutsiya qabul qildi. Fevral oyida hokimiyat ushbu masala bo‘yicha eshituvlar o‘tkazdi. Bu borada jami 50 dan ortiq davlat va 3 ta xalqaro tashkilot o‘z pozitsiyalarini bildirgan. Xalqaro sudning fikrlari, qarorlardan farqli o‘laroq, majburiy emas.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Sud Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing