Isroil Borrelni antisemitizmda aybladi
Olam
−
14 Sentabr
2546Isroil Tashqi ishlar vaziri Isroil Kats Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrelni “antisemitizm va Isroilga nafratda” aybladi. Bu haqda isroillik vazir ijtimoiy tarmoqda yozgan.
Katsning ta’kidlashicha, Borrel AQSH, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Eronga qarshi sanksiyalar kiritgan haftada “Isroilga qarshi nafrat kampaniyasida ishtirok etgan”.
Isroil Tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, Borrel ham Yevropa Ittifoqini Eronga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishga intilish o‘rniga “Eron tomonidan nazorat qilinadigan” Falastin davlatini yaratishni qo‘llab-quvvatlagan.
“Bu Borrelning merosi: antisemitizm va Isroilga nafrat”, deydi u.
Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarini muhokama qilish uchun Misr va Livan bo‘ylab mintaqaviy safarda bo‘lgan Borrel, Isroilga tashrifini bekor qildi.
Borrelning Isroilga tashrifi 14-15 sentyabr kunlariga mo‘ljallangan edi, biroq Tel-Aviv ma’muriyati tashrifni oktyabr oyi oxirigacha, ya’ni uning Yevropa Ittifoqidagi vakolat muddati tugaguniga qadar qoldirishni so‘radi.
Xabar qilinishicha, Yevropa diplomatiyasi rahbari Isroilning Yevropa Ittifoqidagi elchisi Xaim Regevga Isroil Tashqi ishlar vaziri Kats tashrifni istamaganidan keyin Isroilga tashrifini bekor qilganini aytgan.
LiveBarchasi