Misr G‘azodagi vositachilik missiyasini davom ettiradi
Olam
−
16 Sentabr
1233Misr Isroil va HAMAS orasida kelishuvlarga erishish, garovga olinganlarni ozod qilish, o‘t ochishni to‘xtatish va falastinliklar oldidagi gumanitar va tibbiy majburiyatlarni to‘liq bajarish maqsadida G‘azo sektoridagi mojaroni hal qilish bo‘yicha vositachilik harakatlarini davom ettiradi. Bu haqda Misr Tashqi ishlar vaziri Badr Abdul Ati Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda Misr G‘azodagi vositachilik missiyasini davom ettirishini ma’lum qildi.
“Biz zo‘ravonlikni to‘xtatish va kelishuvlarga erishish, garovga olinganlarni ozod qilish, o‘t ochishni to‘xtatish va falastinliklar oldidagi gumanitar va tibbiy majburiyatlarni to‘liq bajarish uchun xalqaro hamjamiyatning mas’ul hamkorlari bilan birgalikda ishimizni, sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz", deydi Abdul Ati.
Unga ko‘ra, mojaro tomonlari bir necha bor kelishuvga yaqin kelgan. Ular barcha garovga olinganlar va mahbuslarni ozod qilishi mumkin bo‘lgan, biroq har safar oxirgi lahzada nimadir to‘sqinlik qilgan. Asosan, Isroil tomoni yanada ko‘proq shartlarni ilgari surgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Qohirada Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi