Isroil Rafahdagi parrandachilik fermasini o‘qqa tutdi

Olam

image

Isroil harbiy-havo kuchlarining G‘azo sektori janubidagi Rafah shahridagi parrandachilik fermasiga bergan zarbasi oqibatida ikki falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Falastinning WAFA rasmiy agentligi xabar berdi.

Aytilishicha, ferma falastinlik Abu Shaar oilasiga tegishli bo‘lgan. Hodisa haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektorida davom etayotgan tajovuzi oqibatida 41 206 falastinlik halok bo‘ldi. Ular orasida kamida 16 795 bola va 11 378 ayol bor. Anklavning yana 95 337 nafar aholisi jarohatlangan. Halok bo‘lganlarning jasadlari vayron bo‘lgan binolar vayronalari va yo‘l chetlarida hamon qolmoqda. Tez yordam brigadalari va fuqarolik mudofaasi xodimlari Isroil kuchlarining to‘siqlari tufayli ularga yetib bora olmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Rafah parrandachilik fermasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing