Shaxmat: Bugun O‘zbekiston Olimpiadada Isroil bilan kuch sinashadi

Sport

image

Bugun, 16 sentyabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha 45-Butunjahon Olimpiadasida O‘zbekiston jamoalari 6-tur o‘yinlari o‘tkazadi.

Ushbu turda amaldagi chempion O‘zbekiston erkaklar jamoasi isroillik shaxmatchilarga qarshi dona sursa, ayollar jamoasi Niderlandiya vakillari bilan bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, erkaklar jamoasi 5-turda Moldovani 3.5-0.5 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, ayol shaxmatchilar Gruziyaga minimal 2.5-1.5 hisobida imkoniyatni boy berdi. 5-turdan keyin erkaklar jamoasi 8 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi. Bu borada 1-o‘rinni 10 ochko bilan Hindiston jamoasi band etgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Olimpiada Isroil Shaxmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made