BMT Si Szinpin va Zelenskiy o‘rtasidagi telefon suhbatiga izoh berdi
Olam
−
27 aprel 2023
8047Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xitoy Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi inqirozni hal qilishga hissa qo‘shishda davom etishiga umid qilmoqda. Bu haqda kecha, 26 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Xitoy Raisi Si Szinpin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning telefon orqali muloqoti haqidagi savolga javob berar ekan, BMT Bosh kotibi matbuot kotibi o‘rinbosari Farhan Haq aytib o‘tdi.
“Biz, albatta, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi inqirozni hal qilishga hissa qo‘shayotgan Xavfsizlik Kengashiga a’zo davlatlar, shuningdek, dunyodagi barcha muhim davlatlar ishtirokini qo‘llab-quvvatlaymiz. Umid qilamizki, Xitoy bu ishda yordam berishda davom etadi”, degan Farhan Haq.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Twitter'dagi sahifasida XXR Raisi bilan telefon orqali uzoq va mazmunli suhbatlashganini e’lon qilgan edi. Si Szinpin esa Pekin xalqaro vaziyatdan qat’iy nazar Kiyev bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidlagandi.