BMT Shvetsiyada Qur’on yoqilishiga munosabat bildirdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sivilizatsiyalar alyansi bo‘yicha oliy vakili Migel Moratinos Shvetsiyada “Stram Kurs” (“Qattiq kelishuv”) o‘nglar partiyasi yetakchisi tomonidan Qur’onni yoqib yuborilishiga rasmiy munosabat bildirdi.

Oliy vakil Qur’onni yoqish harakatini keskin qoralagan va uni musulmonlarga nisbatan nafrat ifodasi deb hisoblashini ta’kidlagan. 

“Bu holat Islom tarafdorlariga nisbatan hurmatsizlik va haqorat bo‘lib, uni so‘z erkinligi tamoyili bilan bog‘lash mumkin emas”, deydi Migel Moratinos. 

Oliy vakil so‘z erkinligi to‘g‘risida gapirar ekan, BMT Bosh Assambleyasining 2021 yil 26 yanvardagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi rezolyutsiyasining 19-moddasini alohida eslatib o‘tdi. Unga ko‘ra, so‘z erkinligi insonga majburiyat va mas’uliyat ham yuklaydi.

Shuningdek, Oliy vakil dunyoning turli burchaklarida ko‘plab diniy va boshqa jamoalar a’zolariga qarshi qaratilgan kamsitish, murosasizlik va zo‘ravonlik holatlarining ortib borayotganidan chuqur tashvishdaligini bildirgan. Migel Moratinos inson huquqlari va barcha uchun qadr-qimmatga asoslangan adolatli, inklyuziv va tinch jamiyatlarni barpo etish hamda rag‘batlantirish uchun o‘zaro hurmat muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan.

Shu nuqtai nazardan, Oliy vakil diniy obidalarni muhofaza qilish bo‘yicha BMT Harakatlar rejasini eslatib o‘tgan. Bu reja diniy plyuralizmni mustahkamlash, madaniyatlararo va dinlararo muloqot hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni o‘z ichiga olgan keng qamrovli tavsiyalar to‘plamidan iborat yo‘l xaritasi hisoblanadi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT Shvetsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing