BMT Rossiyani “sharmandalar ro‘yxati”ga kiritdi

Olam

image

Rus harbiylari Ukrainaga bosqini paytida kamida 136 nafar bolani o‘ldirgani uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rossiyani “sharmandalar ro‘yxati”ga kiritdi. Bu haqda tashkilotning yillik hisobotini e’lon qilinishidan oldin ko‘rib chiqqan holda “Reuters” xabar berdi.

Unga ko‘ra, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiyani 136 nafar bolani o‘ldirganlikda ayblab, urush vaqtida “voyaga yetmaganlar huquqlarining jiddiy buzilishi sonidan dahshatga tushgani”ni aytgan.

Hisobotda keltirilishicha, 2022 yilda Ukrainada 477 bola halok bo‘lgan. BMT ulardan 136 nafarining o‘limiga Rossiya qurolli kuchlarining aloqadorligini tasdiqlagan, yana 80 nafar bola Ukraina armiyasining harakatlari oqibatida halok bo‘lgan.

Shuningdek, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili harbiy mojarolar paytida kamida 900 nafar bola jarohatlangan, ulardan 518 nafari Rossiya armiyasi tomonidan, 175 nafari esa Ukraina Qurolli kuchlari faoliyati tufayli yaralangan.

Tashkilot o‘z hisobotida Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi maktab va shifoxonalarga 480 ta hujum uyushtirganini va 91 nafar boladan tirik qalqon sifatida foydalanganini ham qo‘shimcha qilgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing